Bugun, 2-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining navbatdagi brifingi boʻlib oʻtdi.
Unda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari ishtirokida joriy haftada kutilayotgan muhim tadbirlar haqida jurnalistlarga maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Jumladan, Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha taqdimot hamda hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha videoselektor oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Juma kuni Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.