Home Shou-biznes Qozogʻistondagi YTH: bir kishi halok boʻldi, 8 kishi jarohatlandi

Qozogʻistondagi YTH: bir kishi halok boʻldi, 8 kishi jarohatlandi

0

Kecha mahalliy vaqt bilan soat 7:10 da Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati Qarabutak mahallasidan oʻtadigan “Samara-Chimkent” xalqaro avtomobil yoʻlining 992-kilometrida Qozogʻiston fuqarosi boshquruvidagi Toyota Previa avtomashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi.

Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, YTH natijasida avtomobil haydovchisi va Aqtau shahriga ishga ketayotgan 8 nafar yoʻlovchi (Oʻzbekiston fuqarolari) turli darajadagi tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizildi.

43 yoshli fuqaro N.D vafot etdi, 5 nafar yoʻlovchi davolanmoqda. Yana 2 nafar yoʻlovchiga esa shifoxonadan javob berildi.

Previous article“LEX LEGAL” konsalting firmasi tomonidan yuridik xizmat  ham ko’rsatilishi haqida bilasizmi?
Next articleKecha yurtimizda 879 nafar kishida koronavirus, 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here