Joriy yil 17-iyul kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1985-yilda tug’ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020-yilning noyabr oyida tanishi, Yangiqo’rg’on tumanida yashovchi, 1985-yilda tug’ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahrida joylashgan qo’yxonasidagi 42 bosh qo’ylarini har birini 3.050.000 so’mdan jami 128.000.000 so’mga kelishib, pullarini bir haftada berishini aytib, qo’ylarini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini o’zini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilib, chora ko’rishni so’ragan.
Ushbu holat bo’yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo’linmasi tomonidan 2021-yil 26-iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.