Home Shou-biznes Farg‘onada taksichi o‘ligi topildi, gumonlanuvchining uch nafari voyaga yetmaganlar

Farg‘onada taksichi o‘ligi topildi, gumonlanuvchining uch nafari voyaga yetmaganlar

0

Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 19-iyul kuni 15-16 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini vahshiylarcha o‘ldirib dalaga tashlab ketganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 20-iyul soat 02:50 larda fuqaro T.K. (2003-yilda tug‘ilgan sudlanmagan, ishsiz) voyaga yetmagan tanishlari D.A. (2004-yilda tug‘ilgan, maktab o‘quvchisi), N.A. (2004-yilda tug‘ilgan sudlanmagan, ishsiz) va M.T. (2005-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi) bilan aholiga pulli transport xizmati ko‘rsatuvchi biron-bir haydovchini xilvat joyga olib borib, o‘zini o‘ldirib, avtomashinasi va mol-mulklariga egalik qilishga o‘zaro kelishib olgan.
Shundan so‘ng, telefon orqali Farg‘ona shahrida joylashgan “EVA TAXI” MCHJning xizmat ko‘rsatuvchi operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, Quva tumaniga borishlari haqida buyurtma berishgan.

Ushbu buyurtma asosida soat 02:58 larda ushbu jamiyatga a’zo bo‘lgan haydovchi A.A. (1975-yilda tug‘ilgan, sudlanmagan) “Nexia-3» rusumli avtomashinasida yetib kelgan va ular A.A. bilan 150 ming so‘m evaziga Farg‘ona shahridan Quva tumanida joylashgan «Karkidon» suv omboriga borib-kelishga o‘zaro kelishgan. Quva tumani, Tolmazor mahallasida joylashgan «Muhammadsaid Ozodbek» fermer xo‘jaligi dala maydoniga yetib kelishgan vaqtida esa A.A.ga hujum qilib, avtomashinani to‘xtatib, uni qasddan o‘ldirishgan. So‘ngra, avtomashina va marhumning yonida bo‘lgan 50 ming so‘m pul hamda 1 dona “MI NOT pro” rusumli telefonini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.

20-iyul kuni Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «i, p» bandlari va 164-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular JPKning 221-moddasi tartibidaxabarlar ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 20 iyul kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish) va 164 (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs (3 nafari voyaga yetmagan) gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Previous articleKoronavirus aniqlanganlar soni 719 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 492 nafarga yetdi.
Next articleҲайдовчилик гувоҳномасини олиб беришни ваъда қилиб фирибгарлик қилган шахс қўлга олинди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here