Home Shou-biznes 10 dona gurgut qutisidagi marixuana

10 dona gurgut qutisidagi marixuana

0

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qilishicha, Nishon tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan 2021-yil 11-iyul kuni soat 10:00 larda olib borilgan tezkor tadbir natijasida, Nishon tumani “Samarqand” MFYda yashovchi B.S. “Kimyogar” MFYda yashovchi X.Sh. bilan birgalikda tumandagi “Meros” nomli choyxonada jami 10 dona “SPICHKI” yozuvli gugurt qutisiga joylangan yashil rangli oʻtkir hidli quritilgan oʻsimliksimon moddani har bir gugurt qutisini Sh.E. ga 900.000 soʻmdan jami 700 AQSH dollari va 1.700.000 soʻmga sotayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, B.S. ni yonida boʻlgan qora rangli sumkasidan 5 dona “SPICHKI” yozuvli, 1 dona “AVION” yozuvli gugurt qutisiga solingan oʻtkir hidli yashil rangli oʻsimliksimon modda hamda Nishon tumani “Koʻksoy” MFYda yashovchi M.U. boshqaruvida boʻlgan “Epika” rusumli avtomashina salonidan 1 dona “SPICHKI” yozuvli gugurt qutisiga va 1 dona “LAYS” yozuvli sellofan paket ichiga joylashtirilgan yashil rangli oʻtkir hidli oʻsimliksimon moddasi xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasida, B.S. dan hujjatlashtirib olingan 10 dona “SPICHKI” yozuvli gugurt qutisiga joylangan yashil rangli oʻtkir hidli quritilgan oʻsimlik tarkibida tetragidrokannabinol mavjud boʻlgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, uning jami ogʻirligi 34,4 gramm ligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan B.S., M.U. va X.Sh. larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Previous articleJSST: oxirgi sutka davomida dunyoda 372 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi
Next articleҚорақалпоғистонда автобус ва юк машинаси тўқнашиб кетди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here