Home Shou-biznes Sirdaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi

Sirdaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman boʻlimi tomonidan Sirdaryo viloyati DXX va bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. xaridor F. ga 150 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan. Uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, M.Q. ga dori vositalarini yetkazib beruvchi sherigi A.X. 600 dona “Tropikamid” dori vositasini 30 mln soʻmga oʻtkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

 

Previous articleMuddatidan oldin yoshga doir pensiya olish huquqi kimlarga beriladi?
Next article“Ўзбекистон темир йўллари” АЖ фойдасига 44,5 минг АҚШ доллари ундирилди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here