Home Shou-biznes 28 yoshli ayol, mis simlarni oʻmardi

28 yoshli ayol, mis simlarni oʻmardi

0

2021-yil 30-iyun kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 30-iyun kuniga oʻtar kechasi Namangan shahrida joylashgan qurilish mollari savdo doʻkoni tashqi tomonida qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, narxi 2.996.500 soʻmlik mis simlarni oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan TIIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat boʻyicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 2-iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Previous articleKelgusi haftada havo harorat +48 darajagacha ko’tariladi
Next articleЮртимизга “Спутник V” вакцинасининг 40 минг дозалик 1-компоненти олиб келинди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here