Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining 2021 yil 10 martdagi qaroriga ko‘ra, fuqaro S.B.ni turmush o‘rtog‘i F.B. bilan birgalikda turmushlari davrida yashab kelgan, Pastdarg‘om tumanidagi uy-joyga ikki nafar farzandlari bilan birgalikda kiritib qo‘yish belgilangan. Mazkur sud qarori asosida Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida mahalla raisi, tuman IIB, FVB, tibbiyot xodimlari va xolislar ishtirokida ijro hujjatining ijrosi taʼminlanib, fuqaro S.B. ikki nafar farzandlari bilan birgalikda ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga kiritib qo‘yilgan va bu haqda tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Shu bilan birga, undiruvchi S.B. o‘z so‘zida sud qaroriga asosan uyga farzandlari bilan birgalikda kiritib qo‘yilganligini bayon qilgan.
Biroq, o‘rganish davomida oilaviy kelishmovchiliklar sababli, fuqaro S.B. uydan chiqib ketganligi aniqlangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha keyingi ijro harakatlari keyingi tayinlangan va ushbu kun fuqaro S.B.ga ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga takroran kiritib qo‘yilib, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
O‘rganish davomida muallif S.B. sud hujjatida ko‘rsatilgan manzilga farzandlari bilan birgalikda takroran kiritib qo‘yilganligi, sababli ijro hujjati amalda tamomlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosi xizmati
rahbari Farrux Toshpo‘latov