Prezidentning tegishli qaroriga binoan, 2021/2022 oʻquv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
kunduzgi taʼlim shakliga – 113 530 nafar;
sirtqi taʼlim shakliga – 37 675 nafar;
kechki taʼlim shakliga – 6 550 nafar;
b) magistrlar tayyorlash boʻyicha – 12 900 nafar;
v) xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha – 500 nafar.
Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish 22-iyulga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.