2021-yil 13-iyun kuni Nurobod tuman IIB va tuman DXX xodimlari tomonidan “Qoradori-2021” tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Nurobod tuman “Chortut” mahallasi “Uyrugʻul” qishlogʻida yashovchi, 1980-y.t., fuqaro D.K.ning yashash xonadonining ekin maydonida 87 tup “kannabis” giyohvand oʻsimligini yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ushbu giyohvand oʻsimligini fuqaro D.K. oʻzi isteʼmoli uchun ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIb huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu kun Nurobod tuman “Chortut” mahallasi “Uyrugʻul” qishlogʻida yashovchi, 1983-y.t., fuqaro T.G.ning yashash xonadonining ekin maydonida 86 tup “kannabis” giyohvand oʻsimligini yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIb huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi