Home Shou-biznes O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish borasidagi tashabbuslari dunyo hamjamiyati tomonidan o‘z e’tirofini...

O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish borasidagi tashabbuslari dunyo hamjamiyati tomonidan o‘z e’tirofini topmoqda

0

So‘nggi yillarda O‘zbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan inson huquqlarini har tomonlama himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib, yuqori bahoga sazovor bo‘lmoqda.

Bu yil “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi yangi qonun kuchga kirdi. Konvensiyani ratifikasiya qilish O‘zbekistonda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.
Navbatdagi tashabbus Bolalar Ombudsmani to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishidir. Ushbu hujjat qonunchilik darajasida asosiy g‘oyalar, maqsadlar, ustuvorliklar, qonunning amal qilishiga taalluqli bo‘lgan shaxslar doirasini, ularning asosiy huquq va majburiyatlarini o‘rnatadi.
Uning joriy yilda – Bola mehnatini bartaraf etish xalqaro yilida qabul qilinishi O‘zbekistonning bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga sodiqligini anglatadi.
Yana bir tashabbus BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini qisqartirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish to‘g‘risidagi da’vatini qo‘llab-quvvatlash bilan izohlanadi.
2020-yilda 50 ming nafar vatandoshimizga O‘zbekiston fuqaroligi taqdim etildi. 2021-yilda yana 20 ming odamga fuqarolik taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonning fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish bo‘yicha siyosati BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan ijobiy baholanmoqda.
Qiynoqlarga qarshi kurash bo‘yicha tashabbus ham yuqori e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. Bu O‘zbekistonda sud-huquq islohotlarining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Qiynoqlarning oldini olish milliy preventiv mexanizmini joriy etish bo‘yicha ish boshlandi. Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvarlik voqeasi bo‘ldi. Ko‘rilayotgan choralar natijasida ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni deyarli uch barobarga kamaydi.
O‘zbekiston tashabbuslarining amalga oshirilishi global va mintaqaviy darajalarda o‘zaro hamkorlikning noyob modelini yaratish imkonini berib, har bir insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda amalga oshirish yo‘lida xalqaro ko‘lamda namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi rasmiy sahifasi

Previous articleQabul jarayoniga tayyorgarlik qanday bo‘lmoqda?
Next article2021–2022 ўқув йили учун кириш имтиҳонлари фанлари

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here