Home Shou-biznes “Kosmonavtlar”da yo’lovchilar noma’lum buyum sabab poyezddan tushirib yuborilgan – O’TY

“Kosmonavtlar”da yo’lovchilar noma’lum buyum sabab poyezddan tushirib yuborilgan – O’TY

0

“Kosmonavtlar”da yo’lovchilar noma’lum buyum sabab poyezddan tushirib yuborilgan – O’TY

“Kosmonavtlar” bekatidagi poyezd vagonida shubhali narsa topilgani yuzasidan “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bayonot berdi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 11 iyun, soat 11:50da 38-yo‘nalishda harakatlanayotgan poyezdning 3-vagonida ketilgan shubhali qarovsiz narsa tashlab ketilgan va bu haqida poyezd mashinistiga xabar berilgan.

Ichki ishlar vazirligi va “Toshkent metropoliteni” o‘rtasida o‘zaro kelishilgan holda tasdiqlangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar “Kosmonavtlar” bekatida poyezddan tushirilgan.

Poyezddagi shubhali qarovsiz buyumni tekshirish uchun poyezd yo‘lovchilarsiz elektrodepoda joylashgan maxsus tekshirish punktiga yuborilgan.
Hozirgi vaqtda barcha yo‘nalishlarda poyezdlar jadval asosida harakatlanishda davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Shu sababli, hurmatli hamashaxarlar shu kabi video lavhalarni tasvirga olib, noto‘g‘ri izohlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdan avval, metropoliten xodimlaridan so‘rab aniqlik kiritib olish kerakligi ma’lum qilingan.

Manba: UzReport.news  saytining rasmiy kanali

Previous articleKoronavirusdan kasallanishlar soni yana ko‘paymoqda
Next article180 дан ортиқ сув хўжалиги объекти ўрганилади

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here