Home Shou-biznes Yuqorichirchiqda moy ishlab chiqarish obyekti yonib ketdi – FVV

Yuqorichirchiqda moy ishlab chiqarish obyekti yonib ketdi – FVV

0

Yuqorichirchiqda moy ishlab chiqarish obyekti yonib ketdi – FVV

Toshkent viloyatidagi moy ishlab chiqarish sexidayong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi  xabar qildi.

Maʼlum bo‘lishicha, bugun, 11 iyun kuni soat 14:43da Yuqorichirchiq tumani “Maʼrifat” MFY, Bahor ko‘chasida joylashgan “EKO OIL PRODUKT” MCHJ moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

Buning oqibatida binoning taxminan 60 kv.m. maydoniga zarar yetgan.

Mazkur holat  yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgani maʼlum qilingan.

Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi,deyiladi xabarda.

Hodisadan tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Previous articlePrezidentlar Qayroqqumdagi gilam fabrikasini borib ko‘rdi
Next articleҚашқадарёлик 19 ёшли ҳамюртимиз «Энг яхши ёш олим» деб топилди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here