Home Jurnalistik surishtiruv Xorazmda 2 o‘qituvchi bir-birini pichoqlagani bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar ochiqlandi

Xorazmda 2 o‘qituvchi bir-birini pichoqlagani bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar ochiqlandi

0

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida 31 may kuni maktabda 2 o‘qituvchi bir-birini pichoqlagani haqida xabar tarqalgan edi. Bosh prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan “Bugun.uz”ga qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Xabarga ko‘ra, holat bo‘yicha gumon qilinuvchi J.S. 1968 yil 6 avgust kuni Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, maʼlumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, 3 nafar farzandi bor. U Yangibozor tumanidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Yangibozor tumani, Xonqaobod mahallasida yashaydi.

Maʼlum qilinishicha, jabrlanuvchi fuqaro K.S. 1967 yil 15 dekabrda Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, maʼlumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, 3 nafar farzandi bor, Yangibozor tumanidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabi ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Mazkur jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Previous articleRishton tumanida fuqaro YPX xodimiga pora berayotgan vaqtda ushlandi
Next articleРамзан Қодиров Россияда минтақанинг энг бой раҳбари

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here