Home Jurnalistik surishtiruv Yo siz keling, yo man boray yoxud yo‘l chekkasidagi shox-shabbalar kimga tegishli?!

Yo siz keling, yo man boray yoxud yo‘l chekkasidagi shox-shabbalar kimga tegishli?!

0

Aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramasdan katta yo‘llar yoqasida qarovsiz qolgan chiqindilar o‘tkinchi kishini beeʼtibor qoldirmaydi. Qizig‘i shundaki, ikki tomonda ham chiqindixona bo‘lsa-yu, aynan yo‘lning yoqasiga tashlab ketilsa…

Yo‘l-yo‘lakay eʼtiborimizni Chilonzor tumanidagi Sharq MFYga qarashli ko‘p qavatli binolarning ko‘cha qismi tortdi.

 

Daraxtlar kesilgan, shox-shabbalar esa uylar oldiga uyilgan va kimdir olib ketishini kutib turgandek. Biz esa ayni holat yuzasidan avval shu mahallaga tegishli chiqindixonalarga murojaat qildik. U yerdan olgan javobimizga ko‘ra, bu ish shahar obodonlashtirish xizmatiga yuklatilgan va bu bilan mahalla fuqorolar yig‘ini ish boshlagan ekan. Yo‘limiz shu tomonga tushdi-yu, mahalla faollari bilan ham suhbatlashdik. Ularning bergan maʼlumotlariga tayanadigan bo‘lsak, texnika yo‘qligi, ishchi kuchining yetishmasligi va tozlanmagan ayrim hududlar hashar asosida tozalanishi ko‘zda tutilgan.

1 iyunda mahallaning ochilish marosimi oldidan barcha hududlar tozalanishi va obodonlik ishlariga aynan tuman hokimi boshchiligi asosida amalga oshirilayotgan ekan. Bu juda yaxshi, ammo aholi mashinalari kirib-chiqishi hamda bugungi issiq kunda qurib borayotgan shox-shabbalarning yong‘inga asos bo‘lishi aholini ozgina hovtirga solyapti. Albatta, bu borada mahalla faollarining bergan vaʼdalariga ishonch bildirdik. Endigi borada qiladigan ishimiz kutish va kuzatish…

Previous article“Qish g‘amini yozda ye”. Tomlar eʼtiborga muxtoj
Next articleОқлов ва ундирув

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here