Xorazm viloyatida qariyb 800 dollar pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro G.M. haydovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan “X.” MCHJ o‘qituvchisi S.I. va boshqalar bilan oldindan til biriktirgan. U 4 nafar fuqaroga avtomobil boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan. Evaziga 750 dollar va 500 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.