Home Jahon Nigeriyada harbiy samolyot qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

0

Nigeriyaning Kaduna aeroporti yaqinida 21-may, juma kuni mamlakat harbiy-havo kuchlari samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, halokat oqibatida sakkiz kishi, jumladan, mamlakatning quruqlikdagi harbiy kuchlari shtabi rahbari general-leytenant Ibrohim Attairu ham halok bo‘lgan. «Bugun tunda Nigeriya harbiy-havo kuchlari samolyoti Kaduna xalqaro aeroporti yaqinida qulab tushdi», deyiladi xabarda.

“Reuters” maʼlumotlariga ko‘ra, Attairu Kaduna shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lgan. Unga yana 7 nafar harbiy hamrohlik qilgan. Ularning barchasi voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda.

Previous articleToshkent Besh tashabbus harakati eng esda qolarli voqeaga aylanadi
Next articleБухоро ва Навоий вилоятларида суд-ҳуқуқ масалалари бўйича оммавий қабуллар бўлиб ўтади

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here