Home O'zbekiston «Yangi O‘zbekiston» oliy o‘quv yurti tashkil etiladi

«Yangi O‘zbekiston» oliy o‘quv yurti tashkil etiladi

0

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda «Toshkent 5 tashabbus harakati» bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Bekzod Musayev yoshlar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda «Yangi O‘zbekiston» oliy o‘quv yurti tashkil etilishi, unga malakali o‘qituvchilar, salohiyatli pedagoglar, xorijdan nufuzli kadrlar jalb qilinishi maʼlum qilindi.

Bosh vazir o‘rinbosari maktabdagi taʼlim tizimiga oid fikrlarini aytib o‘tdi. Yoshlarning oliy taʼlim tizimiga oid fikrlarini tingladi.

Suhbat jarayonida yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilayotgani, talabalar uchun yotoqxonalar ko‘paytirilishi, bularning barchasi yoshlarga yana-da qulay sharoit yaratish uchun qilinayotgani alohida eʼtirof etildi.

B.Musayev yoshlarga faoliyati haqida qisqacha so‘zlab berdi. Oddiy bank xodimi lavozimidan ushbu masʼuliyatli darajagacha yetib kelishigacha bo‘lgan mehnat faoliyati bilan o‘rtoqlashdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy kanali.

Previous articleAyrim davlatlarda vaksina olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilayotgani qanchalik to‘g‘ri?
Next article«Севинч»да пасайиш, «Бунёдкор» муқим, «Сўғдиёна»да эса юксалиш

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here