Home O'zbekiston Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va undan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish masalalari

Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va undan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish masalalari

0

“Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va undan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish masalalari” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

AOKA majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova navbatdagi birifingda jamiyatdagi eng dolzarb mavzulardan biriga to‘xtalib o‘tdi.

Svetlana Ortiqova “Ko‘tariladigan masala alohidagi ahamiyatga ega bo‘lgan muammolardan biri oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash yuzasidan bajarilgan ishlar haqida qisqa axborot beraman.

Bunday illat muammosi Davlatimiz rahbarini bejizga bezovta qilayotganligi yo‘q.

Bu bizning halqimizga mos bo‘lmagan, biroq, ayrim kimsalar dunyo qarashi buzuq ko‘rinishda shakllanganligi natijasida salbiy oqibatlarga olib kelayotganligi yaʼni, oilada o‘z yaqinlariga nisbatan zo‘ravonlik ishlatishi holatlari, yoki uchinchi shaxslarning noo‘rinli aralashuvi ko‘payotganligi holatiga mamlakatimiz masʼul mansabdor shaxslarining jiddiy etʼiborini qaratdi.

      Mazkur muammoni barxam etishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarini monitoring qiluvchi va ijro etuvchi vazirlik va idora rahbarlariga  qatʼiy ko‘rsatma berildi.  

         Xususan, oilaviy va maishiy zo‘ravonlikning oldini olish tizimini takomillashtirish, bunday qilmishlar qurboniga aylangan shaxslarni qo‘llab – quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risidagi topshiriqqa asosan  ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruhga Oliy sud, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, ichki ishlar, xalq taʼlimi, axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish, adliya, oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniya, yoshlar ishlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi, nodavlat notijorat tashkilotlar, jurnalist va blogerlar kiritilgan.

Shuningdek, “Oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish va oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda “Media rejasi” ishlab chiqilib, Respublika xotin – qizlar jamoatchilik kengashining bayoni bilan tasdiqlandi.

Bu sohada profilaktikani kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlik-
ning oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, qisqa metrajli filmlar va ko‘rsatuvlar tayyorlash
orqali zo‘ravonlik qurbonlari uchun amaliy yordam berish bo‘yicha
axborot – tushuntirish ishlarini amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, oilaviy zo‘ravonlikka nisbatan javobgarlikni tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalasi tanqidiy o‘rganib chiqilib, oilaviy  zo‘ravonlikka qo‘l urgan shaxslarni javobgarlikka tortish nazarda tutadigan huquqiy norma kiritish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda va tegishli tartibda muhokamaga qo‘yish rejalashtirilgan.

Endilikda, oiladagi andisha yoki oila ajralib ketishi xavfi bilan qarindosh urug‘larning qo‘rqitishlariga chek qo‘yish natijasida, bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini anglatish vaqti keldi.

Ayollarimiz esa, farzandlari bilan birga uy-joysiz qolib ketishi xavfidan qo‘rqib bunday zulmga chidab kelishi, odatiy hol bo‘lib qolganligini eʼtiborga olib, ularga reabilitatsiya yoki ushbu tajovuzdan asrab qolish jarayonida tegishli  yordam ko‘rsatilishi, zo‘ravon agressordan ajratib olinib, sog‘lom muhitda yashashga imkoniyatlar mavjudligi haqida xabar topishi biz ko‘zlagan asosiy maqsaddan biridir.  

Bu bilan birga, oiladagi zo‘ravonliklarni oldini olishda diniy soha xodimlari hamda mahalla va keng jamoatchilik bilan hamkor-
likda respublika bo‘yicha
50 taga yaqin uchrashuv, suhbat va tadbirlar o‘tkazildi va 15 dan ortiq televideniyeda, 20 dan ortiq radioda
va davriy nashrlarda chiqishlar qilinib,
20 dan ortiq internet tarmog‘iga   materiallar   joylashtirildi.

Ishchi guruh tomonidan, “Oila muqaddas, ayol eʼzozda” nomli targ‘ibot videoroligi tayyorlanib, “O‘zbekiston-24”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Mahalla”, “Oilaviy”, “O‘zbekiston”, “Sevimli TV”, “Uzreport TV”,   “MY 5”,   “Zo‘r TV”   telekanallari   orqali   namoyish   etilmoqda.

Bu borada joylarda mahallalardagi oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarni mustahkamlash borasida yangi qurilgan
oilalar bilan muntazam ravishda mahalla vakillari, oqsoqollar va   ayollar kengashlari   bilan   birgalikda   targ‘ibot   ishlari   ham   olib borilmoqda.

Shu bilan birga, oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish va jabrlanganlarga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini kengroq tushuntirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar, qisqa metrajli filmlar va ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda.

Shuningdek, jamoat joylarida, maktab va maktabgacha taʼlim muasssalarida, dorixonalarda va maishiy savdo do‘konlarida oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rish alomatlari sezilganida ushbu muassasalarning xodimlari tomonidan yashirin tarzda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar berish amaliyotini qo‘llaydigan eslatmalar tarqatilishini yo‘lga qo‘yish tadbirlari yuzasidan jadal ishlar olib borilmoqda.

Bundan maqsad fuqarolarda boshqalarning shu tarzdagi muammolariga loqayd bo‘lmaslikka, samimiy yondashuv bilan jabr ko‘rganlarga amaliy yordam ko‘rsatish institutini joriy etish orqali aholini huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakillantirish hamda bunday illatlarga duchor kelganda, shaxs yolg‘iz qolib ketmasligiga ishonch tuyg‘usini mustahkamlashdir” deya oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va undan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Bosh prokuratura materiali asosida

G. Zulxaydarov tayyorladi

Previous articleAndijon viloyati bo‘ylab «Yoshlar Forumi» doirasida sport tadbirlari o‘tkazilmoqda
Next articleБухорода анъанавий «Ипак ва зираворлар» халқаро фестивали ўтказилади

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here