Home O'zbekiston Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali tashkil etildi

Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali tashkil etildi

0

Hukumat qarori (307-son, 18.05.2021 y.) bilan Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi

📌 Filialning asosiy vazifalaridan biri hududda pedagogika, iqtisodiyot, transport logistikasi sohalarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

🗓 Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

☑️ Filialga talabalarni bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida teng ulushda qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

➡️ Filial viloyatnnig Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi, Ishtixon va Nurobod tumanlaridagi maktablar, o‘rta maxsus taʼlim muassasalarida o‘qituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatib boradi.

✅ Filialni salohiyatli professor-o‘qituvchilar bilan taʼminlash maqsadida respublikaning yetakchi OTMlarida tegishli sohalar bo‘yicha 2021/2022 o‘quv yilidan magistraturada va 2022 yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari ko‘riladi.

Previous articleFarg’ona neftni qayta ishlash zavodi AI-95 benzinini ishlab chiqarishni boshladi
Next articleЎзбекистонда ҳудудларга 1000 та «Volkswagen Caddy» тез тиббий ёрдам машиналари етказилади

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here