Home O'zbekiston Prezident talabiga ko‘ra, bosh mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Prezident talabiga ko‘ra, bosh mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

0

Prezident talabiga ko‘ra, bosh mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tuman va shahar hokimliklarining bosh mutaxassislari uchun professor-o‘qituvchilar, davlat organlari va tashkilotlardan malakali amaliyotchi mutaxassislarni jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida islohotlarimiz xalqimizning kundalik hayotida o‘z ifodasini topishi, kutgan natijalarimizga erishish ko‘p jihatdan davlat boshqaruvidagi o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlarining bilim va salohiyatiga bevosita bog‘liq ekanligi alohida taʼkidlanib, bu borada aniq vazifalar belgilangan edi.

Tahlillar va o‘rganishlar natijasida o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbar va xodimlari biror bir masalani hal qilish uchun tashabbus ko‘rsata olmasligi maʼlum bo‘lgan edi. Natijada, davlatimiz rahbarining joriy yil 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida tuman (shahar) hokimi o‘rinbosarlarining bosh mutaxassislarini o‘z sohaviy yo‘nalishlari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.

– O‘quv-mashg‘ulotlarida trenerlar tomonidan soha bo‘yicha yangi qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarni joylarda tatbiq etish, ilm bilan amaliyotni bir-biriga integratsiya qilish, tinglovchilarning ham kasbiy ham shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, – deydi Agentlikning viloyat filiali bosh mutaxassisi Abror Latipov. – Shuningdek, malaka oshirish kursi davomida quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilarini “Mahallabay” va “Fuqarobay” ishlashga o‘rgatish, shuningdek, ularga respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning tub mazmun-mohiyatini yetkazish, sohalar bo‘yicha tayanch bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish ham nazariy ham amaliy bilimlar bilan uyg‘unlashgan holda olib borilmoqda.

Bu kabi malaka oshirish kurslari joriy yilning may oyi davomida barcha mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi quyi bo‘g‘in rahbar xodimlari uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Previous articleBokschilarimiz Osiyo chempionatida qatnashish uchun Dubayga jo‘nab ketdi
Next articleФарғона нефтни қайта ишлаш заводи АИ-95 бензинини ишлаб чиқаришни бошлади

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here