Toshkent metropolitenining 5-bekatida elektr taʼminoti uzilib qoldi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat 18-may, seshanba kuni soat 15:25 da shaharda elektr taʼminotining uzilishi sodir bo‘ldi, bu esa Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi 5-bekat stansiyasidagi elektr taʼminoti tizimiga ham taʼsir ko‘rsatgan. Elektr taʼminotida uzilish 14 daqiqa davom etgan va 15:39 da qayta tiklangan.
Qayd etilishicha, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida kontakt relslar zaxira quvvat manbaiga ega bo‘lgani sabab ushbu hodisa metro poyezdlari harakatiga taʼsir ko‘rsatmagan.