Home Sport va turizm Shaxmat: Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi, Jahon kubogi hamyurtlarimizda

Shaxmat: Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi, Jahon kubogi hamyurtlarimizda

0

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Markaziy Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va mamlakatimizdan jami 34 nafar mahoratli shaxmatchi qatnashdi.

Shveysarcha tartibda o‘tgan turnirda g‘oliblik hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovga nasib etdi. U yakunda 8 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. 6,5 ochkodan jamg‘argan yana bir hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev hamda qozog‘istonlik Petr Kostenko mos ravishda 2-3-o‘rinni egalladi.

Kuchli oltilikdan 6 ochko to‘plagan Shamsiddin Vohidov (O‘zbekiston), Murtaz Kazgaleyev (Qozog‘iston) hamda 5,5 ochko jamg‘argan Jahongir Vohidovlar joy olishdi.

Chempionat yakuniga ko‘ra N.Abdusattorov hamda N.Yoqubboyev iyul oyida o‘tkaziladigan Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, 1-o‘rin sohibi 1 000 AQSH dollari bilan taqdirlandi. Keyingi o‘rin sohiblari mos ravishda 600, 500, 400, 300 va 200 AQSH dollariga sazovor bo‘ldi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi

Previous articleHindistonlik siyosatchining taʼkidlashicha, koronavirus ham odamlar singari yashashga haqli
Next articleБиринчи сенсорли сезгир светофор Тошкентда ўрнатилди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here