Home Madaniyat AKT rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar

AKT rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar

0

“AKT rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli yangilanish va islohotlar, ularning natijalari” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi

AKT rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov navbatdagi birifingda sohada amalga oshirilayotgan ishlar tug‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Sherzod Ahmatov axborot xizmati rahbari amalga oshirilgan keng ko‘lamli yangilanish va islohotlar bilan tanishtirib o‘tdi. Unga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali taqdim etiladigan 1 Megabit/s narxi 32 000 so‘m qilib belgilangan. Ushbu narx 2021 yil boshidan 1 maydan 30 % pasaytirilgan.
Internet xizmatlarining sifati va yuqori tezligini ta’minlashga xizmat qiluvchi optik tolali tarmoqning uzunligi 2021 yilda birinchi chorakda esa 81,7 ming kilometrga yetkazilgan. Ushbu optik tolali tarmoqlarning qurilishi natijasida butun mamlakat bo‘ylab 9 627 ta xalq ta’limi obektlari, 5 625 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 3 401 ta sog‘liqni saqlash obektlari sifatli va tezkor Internet aloqasiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
2021- yil birinchi chorakda 945 ta baza stansiyalari ishga tushirilib, jami 32,68 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyalari faoliyat ko‘rsatilmoqda.
82 ta umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, o‘tgan yilda ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari tashkil etilib, jihozlangani, tizimdagi korxona va tashkilotlar ularga homiy sifatida biriktirilgani va 10 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgani sohada boshlangan islohotlar qat’iy, ortga qaytmas ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
2021 -yilda 82 ta, 2022- yilda 64 ta va 2023- yilda 45 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilish ko‘zda tutilgan.
2020-2021 -o‘quv yilidan boshlab TATUda “Raqamli iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan. O‘zbek-Belarus qo‘shma ta’lim dasturi joriy etilgan. 2020-2021- o‘quv yilidan kirish imtihonlari onlayn shaklda o‘tkazilgan.
Telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish maqsadida joriy yilda 50 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 118,6 ming km.ga yetkazilgan. Bunda olis qishloq aholi maskanlari va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga alohida e’tibor qaratilib, mavjud barcha ijtimoiy obyektlar (maktablar, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolari yig‘inlari)ni tezkor internet tarmog‘iga ulash ishlari yakuniga yetkazilgan.
Ikki mingta qo‘shimcha mobil aloqa baza stansiyasini o‘rnatish orqali ularning umumiy soni 33,7 mingtaga, aholi maskanlarida keng polosali mobil internet qamrovi darajasi 95 foizgacha oshirilgan.
2021- yil yakuniga qadar Nukus, Urganch, Namangan, Qarshi, Termiz va Toshkent shaharlarida ham IT-park filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
60 ta elektron davlat xizmatini joriy etish bo‘yicha ro‘yxati shakllantiriladi va yil yakuniga qadar joriy etilishi ta’minlangan.
Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Previous articleBeshariqlik qarzdor ota Jizzaxdan topildi
Next articleАОКА анжуманлар залида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Мурод Содиқов иштирокида махсус брифинг бўлиб ўтди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here