Home Madaniyat AOKA anjumanlar zalida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida...

AOKA anjumanlar zalida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida maxsus brifing bo‘lib o‘tdi

0

AOKA anjumanlar zalida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida maxsus brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifing davomida Pespublikadagi ayrim viloyatlarda kuchli yomg‘ir oqibatida yuz bergan sel toshqinlari va ko‘rilayotgan tezkor choralar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.

2021 -yil 6-7 -may kunlari Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel toshqinlari kuzatilgan.

Toshqin natijasida Andijon viloyati “Qirg‘iz” kanali orqali oqib kelgan sel oqimlari Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi ko‘chalar orqali 278 ta aholi xonadonlariga kirgan.

Afsuski, favqulodda vaziyat natijasida ikki nafar voyaga yetmagan fuqaro halok bo‘lgan.

Shuningdek, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy va Chust tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir sababli Pop tumani “Vodiy” MFY hududida sel oqimlari kuzatilib, Pop tumani hududidan o‘tuvchi 4P-125 “Namangan-Toshkent” avtomobil’ yo‘lining 15-16 km.da yo‘l yoqasining yuvilishi, “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining 103-106 km.da temir yo‘l tarmog‘ining taxminan 3 metr qismida tuproq massasining yuvilishi ro‘y bergan. Shu bilan birga, “Yangiobod” va “Vodiy” MFYdagi 25 ta aholi tomorqasiga ham yomg‘ir suvlari kirgan. Hozirda, avtomobil va temir yo‘llarining zarar ko‘rgan qismida avariya-tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari Sherobod tumanidagi “Qorabog‘” QFY va “Uchyog‘och”, “Guliston”, “G‘o‘rjak-2” MFYdagi 16 ta, Qumqo‘rg‘on tumani “Azlarsoy”, “Bog‘aro” va “Yelobod” MFYdagi 340 ta aholi xonadoni va tomorqasiga kirgan. Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida maxsus texnikalar yordamida aholi yashash xonadonlaridan yomg‘ir suvlari chiqarib tashlangan.

Jumladan, daryo, soy, ariq va kanallar o‘zanlarini tozalash hamda qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha joylarda 70 ta (yil davomida reja bo‘yicha 165 ta) amaliy maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarga 1 078 ta texnika, 4 752 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, o‘quv-mashqlari davomida 41 924 m3 tuproq ishlari,
30 360 m3 qum-shag‘al, 4 207 m3 beton, 37 217 p/m o‘zan tozalash va boshqa ishlar amalga oshirilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq holda kechishi, doimiy hushyorlik va ogohlikni talab qiladi.

Previous articleAKT rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar
Next articleTaftish.uz танқиди ўз самарасини берди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here