Poytaxtimizning Mirobod tumanining “Furqat” bog’ida yoshlarga bag’ishlab tadbir o’tkazildi. Bu yerda qorovul qo’shinlarining orkestri, shuningdek tumanda mavjud bo’lgan to’garaklar, sport to’garaklari ham jalb qilindi. Ushbu to’garaklarning chiqishlari xalqqa namoyish etildi. Mazkur tadbirlardan maqsad Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan PF-6099 farmoni asosida yoshlarni to’garak hamda bo’sh vaqtini mazmunli o’tqazishga qaratilgan kitob o’qitish, san’atga qiziqtirish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan.