Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqaning so‘nggi g‘oliblari aniqlanadi.
Yigitlar o‘rtasidagi final janglarida ikki nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. Bular:
-52 kg: Shahzod Muzaffarov – Yevgeniy Jorov (Rossiya)
+91 kg: Jahongir Zokirov – Xovanes Papazyan (Armaniston)
Maʼlumot o‘rnida shuni qo‘shimcha qilish lozim, yarim final janglarida -81 kg vazn toifasidagi bokschimiz Shohjahon Abdullayev 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi. Ammo jangdan so‘ng chernogoriyalik bokschining murabbiylari tomonidan raddiya berildi va yakunda hakamlar qo‘mitasi chernogoriyalik bokschining foydasiga qaror chiqardi. Natijada Shohjahon bronza medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Bugun o‘tkaziladigan janglarda bokschi yigitlarimizga omad tilaymiz!