Home Madaniyat Prezident “Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports” AJ transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan...

Prezident “Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports” AJ transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

0

“Uzbekistan airways” xarajatlari 46,5 mln dollarga qisqartiriladi, foydalanilmayotgan 12 ta samolyot tasarrufdan chiqariladi, aviachiptalarni xorijda sotish bo‘yicha agentlar komissiyasi foizi tushiriladi, daromadlar yiliga 40 mln dollarga ko‘paytiriladi. Talab kam bo‘lgan yo‘nalishlarda biznes klass bekor qilinib, o‘rindiqlar soni ko‘paytiriladi. 4 ta A-320 samolyotida loukoster, ya’ni arzon qatnovlar tashkil etiladi. Mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga hozirgi 17 tadan 49 tagacha oshiriladi.

▫️“Uzbekistan airports” tarkibidagi 11 ta aeroport yagona boshqaruv organi tasarrufida birlashtiriladi. Xarajatlari 32 foizdan 15 foizga tushiriladi, xaridlari optimallashtiriladi, aeroport xizmatlari uchun yig‘imlar 27 foizga, jumladan, ziyorat turizmi doirasida 50 foizgacha kamaytiriladi.

Previous articleПрезидент “Uzbekistan airways” ҳамда “Uzbekistan airports” АЖ трансформация қилиш чора-тадбирлари тақдимоти билан танишди
Next articleЖССТ: дунёда COVID-19 дан 3 миллиондан ортиқ бемор вафот этди

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here