Home Shou-biznes To‘rt bokschimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

To‘rt bokschimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

0

Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Chempionatning birinchi kunida 56 kilogrammgacha vazn toifasida hamyurtimiz Dilshod Abdumurodov g‘alaba qozondi.

Dilshod ilk bosqichda slovakiyalik Lukas Lorinsga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Musobaqaning ikkinchi kuni – bugungi bellashuvlarda quyidagi to‘rt nafar charm qo‘lqop ustasi dastlabki janglarini o‘tkazadi:|

-52 kg: Shahzod Muzaffarov – Mustafa Rigi (Eron)

-57 kg: Sitora Turdibekova – Marina Muliarchik (Belarus)

-60 kg: Dilfuza Bekova – Rebeka Dobos (Vengriya)

+91 kg: Jahongir Zokirov – Marlon Xurtado (Kolumbiya)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Previous articleТўрт боксчимиз жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлайди
Next articleЎзбекистон – Европа иттифоқи: ўзаро муносабатларнинг янги босқичи

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here