Xalq ta’limi vazirligi ko‘plab o‘quvchilari olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan, bitiruvchilari esa oliy o‘quv yurtlariga kirishda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan nodavlat umumta’lim muassasalarining 6 nafar rahbar va pedagog xodimlarini “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Taqdirlanganlar ro‘yxati bilan tanishing:
Leader School:
Alisher Ikramov – Matematika va informatika fani o‘qituvchisi;
Elvira Isakova – Ingliz tili fani o‘qituvchisi;
Gayane Danilova – Fizika fani o‘qituvchisi;
Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy:
Nilufar Xaydarova – Muassasa direktori;
Dilfuza Djo‘rayeva – Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;
Istiqbol Zamon Bolalari:
Muhayyo Karimova – Direktor o‘rinbosari.
Xalq ta’limi vazirligi ularning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaydi!
Manba: Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sahifasi