“Koʻchalarning oʻgʻrisi” degan gapi qattiq taʼsir qildi
2015-yildan boshlab B.Razzakovdan Oʻktam aka haqida yomon gaplarni eshitib, B.Razzakovni “ koʻchalarning oʻgʻrisi” degan gapi unga qattiq taʼsir qilgani, sababi Oʻktam akani qattiq hurmat qilgani, soʻng oradan vaqtlar oʻtib, oʻsha vaqtda B.Razzakov notoʻgʻri tushunib yetganini gapirgan. B.Razkovni urib, aqlini bilish niyati paydo boʻlgan.
B.Aktamov 2023-yil 15-iyun kuni soat 10 larda oʻzining avtomashinasiga ehtiyot qismlarini olish uchun B.Razzakovga qoʻngʻiroq qilib, hozirda puli yoʻqligi sababli avtomashinasiga ehtiyot qism olishi kerak, uning uchun B.Razzakovdan unga kerakli boʻlgan ehtiyot qismlarini olib turish, pullarini Bir oz vaqt otib berishini telefon orqali soʻraganligi, shunday B.Razzakov kelaverishini, ehtiyot qismlarini olib berishini aytganligi, soat 11 larda Dangʻara tumani markazida “Baraka bozor” li avto ehtiyot qismlari bozoriga borib, B.Razzakovning doʻkoniga oʻtganligi, keyin B.Razzakov bilan birga gaplashib oʻtirib, yana oʻsha Oʻktam aka haqida gapirgan notoʻgʻri gaplari esiga tushib, B.Razzakovni oldiga kelishdan avval avtomashinasida doimiy olib yuradigan suvenir pichogʻini oʻzi olgani, bu yerda B.Razzakov unga kerakli boʻlgan ehtiyot qismlarini peshin namozida. kelgan soʻng olib berishini aytgani va u bilan birga B.Razzakovga tegishli boʻlgan Jiguli rusumli avtomashinasida Dangʻara tumani markazida yoʻlga chiqqan vaqtlarida yoʻlda B.Razzakov ni tanishi boʻlgan shaxslar qoʻshimcha maʼlumotlari, keyingi ikkala tahorat masʼuliyati cheklangan jamiyati. u yerga kirgan vaqtida B.Razzakovni yana oʻsha Oʻktam aka haqida gapirgan notoʻgʻri gaplari esiga tushib, bundan jahli chiqib, oʻzini boshqara olmasdan, yonida boʻlgan pichogʻini olib, B.Razzakov tahorat qilib oʻtirgan joyiga borib bir necha tanasining bosh va bel qismlariga pichoq urganligi , keyin B.Razzoqov uning nafsoniyatiga tegib, soʻkingani, bundan ham gʻazablanib uning tanasiga yana bir necha pichoq urib tashqariga chiqib ketgani, keyin pichoqni olib, “Navbahor” MFY binosiga kirganligi va pichoqni u yerdagi fuqaroga berib, IIB profilaktika inspektorini topib, boʻlib oʻtgan holatni aytib bergan.
2023-yil 2-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Furqat tuman sudining hukmi bilan B.Aktamovga Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25,97- 2-qismi “l” bandi bilan JKning 57- mayin qoʻllanib, 11 yil ozodlikdan mah rum qilish jazosi tayinlangan.
B.Aktamov qilgan ishidan pushaymon boʻlib, voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlashni soʻrab viloyat sudiga apellyatsiya tartibidan shikoyat kiritgan boʻlsa-da, uni oʻzgartirishsiz qoldirilgan.
Rustamjon Zaripov, Farg’ona viloyati sudining sudyasi