O’zbekiston O‘zbekiston-Belarus parlamentlararo hamkorligi muhokama qilindi

O‘zbekiston-Belarus parlamentlararo hamkorligi muhokama qilindi

O‘zbekiston va Belarus munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Valeriy Belskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II Global forum doirasida o‘tkazildi.
Obsujdalos mejparlamentskoe sotrudnichestvo Uzbekistana i Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2023
O‘zbekiston va Belarus munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat biznes doiralari, ayniqsa, ishbilarmon xotin-qizlar o‘rtasida bugun o‘zaro manfaatli loyihalar amalga oshirilayotgani, bunda tadbirkor ayollar biznes-forumi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflarni muhokama qilish va ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylangani alohida ta’kidlandi.
Obsujdalos mejparlamentskoe sotrudnichestvo Uzbekistana i Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2023
Oliy darajada erishilgan iqtisodiyot, savdo va sanoat sohalaridagi kelishuvlar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish bilan birga ularni huquqiy jihatdan ta’minlashda sa’y-harakatlarni birlashtirish lozimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida xalqaro parlament tuzilmalari doirasida bundan keyin ham tomonlarning tashabbuslarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.