Jahon BMT “Tolibon” bilan hamkorlik ijobiy natijalar olib kelmaganini ma’lum qildi

BMT “Tolibon” bilan hamkorlik ijobiy natijalar olib kelmaganini ma’lum qildi

BMT bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Roza Oʻtenbayeva “Tolibon” bilan oʻzaro hamkorlik ijobiy oʻzgarishlarga olib kelmagani va bundan xavotirda ekanini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” ayollarni jamiyat va ta’limdan chetlatish bo‘yicha 50 dan ortiq buyruq chiqarib, BMT strategiyasini zaiflashtirgan. Vaziyat shunday davom etaversa, afg‘on xalqining muhim ehtiyojlarini hal etolmaymiz, deb qo‘shimcha qildi tashkilot vakili.