Parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasiga koʻra, Qonunchilik palatasi va Senatga oʻzini oʻzi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda.
Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida oʻtkaziladi. Senatning yangi tarkibi esa 1 oy mobaynida shakllantiriladi.