“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 46-moddasiga asosan pedagoglar tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi shart. Tibbiy koʻrikdan oʻtmagan pedagog bunday faoliyat bilan shugʻullanishi, bolalarga taʼlim berishi mumkin emas.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida vazirlik va idoralar bu boradagi tartib-qoidalar ijrosiga shu vaqtgacha yetarlicha eʼtibor qaratmayotgani tanqid qilindi. Endilikda Qonunning mazkur moddasi jiddiy nazoratga olinadi.