Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 108 823 taga yetgan.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,2 %ga oshgan.
So‘nggi yillarda sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni (1 avgust holatiga):
2019 yil – 70 524 ta
2020 yil – 82 278 ta
2021 yil – 96 392 ta
2022 yil – 101 547 ta
2023 yil – 108 823 ta