O’zbekiston O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘qituvchilar soni 5,5 barobarga oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘qituvchilar soni 5,5 barobarga oshgani ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili boshida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 5 014 nafarni tashkil etgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2017/2018-o‘quv yilining mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,5 barobarga oshgan.

Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritgan o‘qituvchilar soni:

2017/2018- yilda – 917 kishi

2018/2019- yilda – 1 633 kishi

2019/2020- yilda – 2 353 kishi

2020/2021- yilda – 2 859 kishi

2021/2022- yilda – 3 578 kishi

2022/2023- yilda – 5 014 kishi