O’zbekiston Xalqimiz orasida oilada yangi farzand dunyoga kelganda, to‘y, yubiley va tug‘ilgan kun...

Xalqimiz orasida oilada yangi farzand dunyoga kelganda, to‘y, yubiley va tug‘ilgan kun marosimlarida daraxt ekish kabi ezgu an’anamizni tiklash muhimligini qayd etildi

Tegishli hududlar rahbarlariga qarovsiz qolgan 10 million tup daraxt o‘rniga yana shuncha daraxt ko‘chatini suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan hududlarga ekish topshirildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari 15 avgustga qadar daraxt ko‘chatlari zaxirasini yaratib, ularni ekish bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlaydi.

Bundan buyon ko‘chat ekish tadbirlari har yili tasdiqlanadigan investisiya dasturi asosida amalga oshirilishi belgilandi. Bu maqsadlar uchun har yili avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p – 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanib, har bir ko‘chatni kafolatli sotib olish tizimi yaratiladi.