O’zbekiston O‘zbekistonda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi oshgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi oshgani ma’lum qilindi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 154,5 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 % ga ko‘p.

2023-yil yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi:

— Go‘sht (tirik vaznda) – 1,3 mln tonna

— Sut – 5,3 mln tonna

— Tuxum – 3,6 mlrd dona