O’zbekiston “O‘zgidromet” 7-avgust uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 7-avgust uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 7-avgust, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35 daraja bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 20-25 daraja bo‘ladi.