Jamoamizga beshinchi bronza medalni Sergey Fomin taqdim etdi.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tayotgan 2021-yilgi XXXI yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlarida tennis bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Sergey Fomin tennis bo‘yicha o‘tkazilgan bahsda shveysariyalik sportchiga imkoniyatni boy berib, uchinchi o‘rinni egalladi.
70 sportchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari sportning 7 turi bo‘yicha mazkur Universiadada ishtirok etmoqda. Universiada o‘yinlariga jami 119 dan ziyod mamlakatdan 5100 dan ortiq sportchilar tashrif buyurgan bo‘lib, ular 18 sport turi bo‘yicha 269 medal uchun kurash olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 8 ta kumush va 5 ta bronzani tashkil etmoqda.