Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 154,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 % ga ko‘p.
2023-yil yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi:
— Donli ekinlar – 5,4 mln tonna
— Sabzavotlar – 3,3 mln tonna
— Kartoshka – 1,7 mln tonna
— Poliz ekinlari – 243 ming tonna
— Meva va rezavorlar – 1 mln tonna
— Uzum – 49,4 ming tonna