O’zbekiston “O‘zgidromet” 3-avgust uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 3-avgust uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 3-avgust, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 41-42 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33 daraja bo‘ladi.