30-iyul kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, 24-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.
Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 19-25 iyun kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.