O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi aʼzolari Tokioga tashrifi davvomida Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy taʼminoti vazirligi maʼsul xodimi X.Yamaguchi va «Japan Building Maintenance Association» raisi X.Xoriguchi bilan muzokara o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda «binolarni tozalash» bo‘yicha sinovlarni O‘zbekistonda joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur loyihani amalga oshirish 2024 yildan boshlanishi belgilandi.
Loyiha ijrosini taʼminlash hamda tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilash maqsadida «Japan Building Maintenance Association» va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida shartnoma imzolashga kelishib olindi.