Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2030-yilgacha strategiyaning barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, 2023-yilda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlarini 5,3-5,5 foizdan kam bo‘lmagan darajada, bunda inflyatsiyani 9-9,5 foiz, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining YAIMga nisbatini 5 foizdan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Vaholanki, 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, joriy yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilangan.