O’zbekiston Bugun Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida bo‘ladi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-28 iyul kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, davlat rahbari qishloq xo‘jaligi va sanoatda ishga tushirilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari hamda mahallalar hayoti bilan tanishadi.

Shuningdek, hududlarning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash va aholi farovonligini oshirish uchun joylardagi mavjud salohiyatni ishga solish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.