Sport va turizm Qozog’iston mag’lub etildi, navbat Yaponiyaga

Qozog’iston mag’lub etildi, navbat Yaponiyaga

Poytaxtimizda oʻtayotgan voleybol boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi. “A” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston terma jamoasi soʻnggi turda Qozogʻistonga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda yigitlarimiz 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, birinchi oʻrin bilan chorak finalga yoʻl olishdi. Endi hamyurtlarimiz yarim final yoʻlida yaponiyalik voleybolchilarga qarshi maydonga chiqishadi. Ushbu uchrashuv 26-iyul kuni soat 17:30 da “Yunusobod sport majmuasi”da boshlanadi.