O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi.
Qirg‘iziston yetakchisi esa davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan esa telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevlar ham Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, muvaffaqiyatlar tilashdi.