O’zbekiston Tez tibbiy yordam xizmatida “A” va “V” toifali reanimobillar soni qancha?

Tez tibbiy yordam xizmatida “A” va “V” toifali reanimobillar soni qancha?

Dunyo tajribasida tez tibbiy yordam xizmatidagi avtotransport vositalarini ishlatish muddati o‘rtacha 5-8 yildan iborat. Yurtimizda ham foydalanilayotganiga 8 yildan oshgan avtomashinalarni yangilash lozimligi belgilangan.

Shu sababli Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “103” xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari ko‘rilmoqda.

— Bundan 6-7 yil avval yurtimiz tez tibbiy yordam tizimida 1868 ta avtomashina bor edi. 2023 yilning ayni davriga kelib esa “103” xizmatida 2904 ta avtomobil aholiga sifatli tez tibbiy xizmat ko‘rsatyapti, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Shuningdek, maxsus avtomashinalar parki 70-80% foizga yangilandi.

Xususan, 2021-yilda tez tibbiy yordamda “B” toifali 435 ta reanimobil bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kelib, bunday zamonaviy sanitar avtomashinalar soni 578 taga yetdi.

Jumladan, ushbu avtotransport vositalarining katta qismi quyidagi hududlarda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda:

  1. Toshkent shahri — 200 ta;
  2. Samarqand viloyati — 64 ta;
  3. Farg‘ona viloyati — 45 ta;
  4. Namangan viloyati — 31 ta.

Mazkur avtomashinalarning qulayligi shundaki, ularda tezkor reanimatsiya va yo‘l-yo‘lakay jarrohlik amaliyoti o‘tkazish imkoni mavjud.

Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ushbu avtoulovlar xalqaro talablarga to‘la mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay joylashishi imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida joriy yil Respublika tez tibbiy yordam markazi “Jizzakh Auto” tomonidan ishlab chiqarilgan A toifali 339 ta “Volkswagen Caddy” mashinalari bilan bilan boyidi.